Форум сайтостроителей

Skype o'zi nima?
...
Bu maqolada ma'lumot almashuvchi yana bir ajoyib dastur skype haqida yozmoqchiman. Bu dastur,WhatsApp dasturiga qaraganda mukammalroq va keksaroq hisoblanadi. Bu dastur kompyuterlarga, mobil telefonlarga, planshetlarga o‘rnatilishi mumkin. Skype - bu kliyent dastur, sayt, korxonadir.
Skype– bu bepul dasturiy ta'minot hisoblanadi. Uning kodlari yopiq holatda tarqatiladi va kompyuterlar orqali internet muhitida ovozli signallarni shifrlab jo‘natishga xizmat qiladi(VoIP). Undan tashqari mobil telefon va uy telefonlariga ma'lum bir trafik asosida qo‘ng‘troqni amalga oshiruvchi dasturhamdir. Demak u haqida ma'lumotlar berishni boshlaymiz.

Bu dasturiy ta'minot 25 tagacha abonentni ovozli konferensiya qilishi, videozvonokni amalga oshirishi,10 tagacha abonentni videokonferensiya qilishi, matnli konferensiya qilishi(chat) va ma'lumotlarni jo‘natishi mumkin.
Skype kompaniyasi 2 ishbilarmon,Niklas Zennstryom va Yanus Friisom tomonidan ochilgan.
Dasturiy ta'minot yaratuvchisi Axti Xeinla, Priit Kasesalu va Yaan Tallinnlar hisoblanishadi.
Skype sayti va dasturi 2003 yil ommaga taqdim etilgan.
2005 yil skype korxonasi Ebay tomonidan sotib olindi. Ebay bu korxonani 2.6 mlrd. dollarga sotib oldi(keyinchalik yana 500 mln dollar berilgan).
O‘sha paytlarda(2005 yil) skype korxonasining yillik pul mablag‘i aylanmasi 100 mln dollardan kam edi.
2009 yil ebay skype korxonasini, 2010 yil 1 choragida birjaga, sotishga qo‘yishini e'lon qildi va aksiyaning katta qismini sotib yubordi

2011 yil Microsoft korporatsisi skype ni 8.5 mlrd dollarga sotib oldi.Skype ning shtab-kvartirasi Lyuksemburgda joylashgan. Uning filiallari esa London, Praga va Tallinda joylashgan.Skype aktiv foydalanuvchilari soni 800 millindan (2012 yil) oshib ketti.Dastlab bu korxona Skyper deb yuritilgan, ya'ni ingliz tilidan sky(osmon),peer-to-peer(kompyuterdan kompyuterga), keyinchalik “r” tushib qolgan.Skype dasturchilarining ko‘p qismi (44%) estoniya xududida istiqomat qilishadi.Hozirgi kunlarda dasturda bir vaqtning o‘zida ishlayotgan foydalanuvchilar soni 20 milliondan ortib ketdi.
Bu dastur foydalanuvchilari ko‘pligi bo‘yicha faqatgina facebook,google va Amazondan ortda qolmoqda.Skype orqali amalga oshirilayotgan 25% qo‘ng‘iroqlar videoqo‘ng‘iroq tarzida amalga oshirilmoqda.Bu dastur 28 xil tilga tarjima qilingan.Dasturdan foydalanuvchilarning 30% biznesni amalga oshirish maqsadida dasturni ishlatishmoqda.Skype dasturi ishlatadigan protokol yopiq hisoblanadi.16 avgust 2007 yilda dasturda katta buzilish bo‘lgan va shu kuni butun dunyoda bu dastur ishlamagan.Skype ning pullik hizmatlari: SkypeOut (telefonga qo‘ng‘iroqni amalga oshirish), SkypeIn (online nomer), Skype Voicemail (ovozli xat), Nomer Skype To Go va SMS jo‘natish.
Bosh sahifa

waplogRaskruty.ru