Форум для общения!

Ucell simkartasi yordamida emailga xabar yuborish
Emailga SMS yuborish imkoni Kompaniyaning barcha abonentlarida avtomatik tarzda mavjud va unga alohida ulanish shart emas.
Emailga SMS yuborish uchun telefonda SMS yaratish va "Qabul qilivchi manzili" qismida2222raqamini kiritish zarur. Emailga yuborilayotgan SMSni quyidagi ko‘rinishda yozish talab etiladi:name@server.xx{bo‘sh joy}xabar matni. (Masalan: mybox@mail.ru Salom! Ishlaring qalay?).
Emailga yuboriladigan SMS xabarlar amaldagi SMS xizmatlari qoidalariga muvofiq narxlanadi.
Emailga SMS yuborish narxi-$ 0.02;
Xizmat uchun abonent to‘lovi-$ 0.00;
SMS shaklida Email qabul qilish uchun Abonent "Email-SMS" xizmatiga ulangan bo‘lishi kerak.
"Email-SMS" xizmati barcha abonentlarda yoqilgan.
"Email-SMS" xizmatiga ulanish yoki uni bekor qilish uchun abonent ushbu so‘rovlardan birini yuborishi kerak:
*222*1#-xizmatga ulanish;
*222*2#-xizmatni bekor qilish;
Email-SMS xizmatiga ulanish-BEPUL.

Abonentga SMS shaklida Email xabar yuborish uchun Email xabar yozish jarayonida "Qabul qiluvchi manzili"ga abonent raqamini:abonent raqami@sms.ucell.uzko‘rinishida yozish kerak. Bunda abonent raqamixalqaro formatda (998 9X XXXXXXX)ko‘rsatilishi talab etiladi.
SMS shaklidagi elektron pochta xabarlari yuboruvchining Email manzilini, xabar mavzusining dastlabki 50 simvoli va xabar matnini o‘z ichiga oladi. Yuborilgan xabardagi faqat 305 simvol (yuboruvchi manzili va xabar mavzusini ham hisobga olgan holda) abonentga SMS shaklida yetib boradi:
Xizmat uchun abonent to‘lovi-$ 0.00;
Emaildan yuborilgan kirish SMS-xabarlarining narxi-$ 0.00


Bosh sahifa

waplogRaskruty.ru