Форум сайтостроителей

Telefonda emailni sozlash
Hozirgi paytda ko'pchilik elektron pochtadan web interfeys orqali foydalanishadi va buni odatiy hol deb bilishadi. Aslida web ko'rinishdagi pochta xizmati qo'shimcha xizmat xisoblanib, haqiqiy elektron pochta uchun faqat pochta serveri kifoya. Pochta serveri xatlarni qabul qilish, saqlash, uzatish va boshqalarni amalga oshiradi. Pochta serveri bilan mijoz orasidagi bog'lanishni pochta mijozi (клиенти) dasturiy ta'minoti amalga oshiradi. U hozirgi deyarli hamma odatiy telefonlarda uchraydi (xabarlar menyusida). Pochta serveri bilan ishlash uchun mijozni sozlash kerak. Yangi pochta sozlamasini Nokia s40 telefonlarida Menu -> Settings -> Configuration -> Personal conf. set -> Options -> Add New -> E-mail orqali, Nokia s60 telefonlarida Menu -> Messaging -> E-mail ustida Options -> New E-mail orqali qo'shishingiz va sozlashingiz mumkin. Sozlashlarni mail.ru misolida ko'rsatib o'tamiz. -Account name -> Siz hohlagan nom; -My name -> Ismingiz; -E-mail address -> e-mailingiz; -SMTP user name - e-mailingiz; -SMTP password -> parolingiz; -Outgoing SMTP server -> smtp.mail.ru; -Use preferred access point -> Yes; Incoming mail settings: -Retrive e-mails -> maksimal qabul qilinuvchi xatlar soni (hohlaganizcha); -POP3 username -> e-mailiz; -POP3 password - paroliz; -Incoming POP3 server -> pop3.mail.ru; -Use preferred access point -> Yes. Pochta klientidan foydalanish internet traffikni tejaydi, ortiqcha reklamalarni yuklamaydi, telefonda sozlangan e-mail har qanday joyda pochtangizdan xabardor bo'lishingizga yordam beradi.
Bosh sahifa

waplogRaskruty.ru