Сделай свой сайт!

Beeline simkartasi yordamida emailga xabar yuborish
“Bilayn” yagona aloqa opеratori (“Unitel” MChJ va “Buzton” MChJ QK) “SMS to E-Mail” xizmatini ishga tushirganligini ma’lum qiladi. Yangi xizmat yordamida “Bilayn” abonentlari xabarlarni mobil telefon yordamida SMS tarzida elektron pochtaga yuborishlari mumkin. “SMS to E-Mail” servisidan foydalanish uchun Internetga ulanish shart emas. Voqеani izohlar ekan, “Unitel” jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha katta mеnеjеri Oraz Abdurazakov shunday dеdi: “Bizning ko‘pgina mijozlarimiz uchun elektron pochta bilan doimiy aloqa zarur. Albatta, “Bilayn” mobil Internetning ko‘plab imkoniyatlarini taqdim etadi.
Ammo ayrim sabablarga ko‘ra – jumladan malakaning yokimos keluvchi telefon apparatining yo‘qligi, – ba’zi abonentlar undan foydalana olishmaydi. Yangi xizmat barchaga birdek mos keladi, chunki buning uchun tarmoqqa kirish ham, mobil brauzerlardan foydalanish ham kerak emas”. Xabarni yuborish uchun quyidagilar zarur:
• Yangi SMS yaratish;
• Xabarning o‘zida E-mail ni yozish va probeldan so‘ng – xabar matni yoziladi (masalan: beeline@mail.ru Salom, ishlar qanday?);
• Xabarni qisqa 083 raqamiga yuborish. Xizmatni yoqish shart emas, hamda u “Bilayn”ning barcha abonentlari uchun mavjud. SMS-xabarni elektron pochtaga yuborish narxi $0,03 turadi.

Bosh sahifa

waplogRaskruty.ru